UZNEWS

Kunlik habarlar

“O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida benzin narxi tushiriladi

This is the easiest way to sell digital products on your WordPress website.
ofIha 1665221667 8903

13 dekabr, seshanbadan boshlab “O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi 6800 so‘mdan 5700 so‘mga tushiriladi. Bu ma’lumotni kompaniya Kun.uz’ga tasdiqladi

Narx pasayishi hozirgi energetika inqirozi sharoitida Ai-80 benzini importi va realizatsiyasi aksiz solig‘idan ozod qilingani bilan bog‘liq.

Kun.uz’ning energetika tizimidagi manbasiga ko‘ra, bu borada prezidentning tegishli qarori qabul qilingan. Unda aksiz solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik tartib 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martgacha davom etishi belgilangan.

Bundan tashqari, neft va gaz kondensati tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar qazib oluvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqaruvchilarga faqat birja orqali sotilishiga oid tartib bekor qilindi.

Qarorga asosan, 2023 yil 1 aprelgacha Neftgazinspeksiya va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi tomonidan, istisno tariqasida, Biznes-ombudsman bilan kelishmasdan tadbirkorlik sub’yektlarini energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari bo‘yicha tekshirishga ruxsat berildi (ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda).

Bu inspeksiyalar tekshiruvlar natijalari bo‘yicha mansabdorlarni jazolash va ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli organlarga taqdimnomalar kiritib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Thancol.com | Newsphere by AF themes.